Taklifnoma

Maxfiylik siyosati

Yangilangan: 2026-10-02

Bu sahifa qanday maʼlumot yigʻishimiz va undan qanday foydalanishimizni oddiy tilda tushuntiradi.

Qanday maʼlumot saqlaymiz

Roʻyxatdan oʻtishda: ismingiz, telefon raqamingiz va login. Taklifnoma uchun: siz kiritgan ismlar, sana, manzil, matnlar, rasmlar va musiqa. Toʻlovda: summa va siz yuklagan chek rasmi.

Mehmonlar haqida

Mehmon javob bersa, uning ismi va javobi saqlanadi. Koʻrishlarni sanash uchun IP manzil saqlanmaydi: faqat bir kunlik shifrlangan iz (xesh) ishlatiladi va keyin oʻchiriladi.

Nima uchun ishlatamiz

Taklifnomani koʻrsatish, toʻlovni tekshirish va siz bilan bogʻlanish uchun. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.

Qayerda saqlanadi

Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda (Supabase, Cloudflare) saqlanadi. Rasmlar va musiqa faqat taklifnoma havolasi orqali ochiladi.

Telegram bot

Botga raqamingizni ulashsangiz, kirish kodlari va toʻlov haqidagi xabarlar shu chatga keladi. Botni istalgan paytda toʻxtatishingiz mumkin.

Oʻchirish

Hisobingiz yoki taklifnomangizni oʻchirishni soʻrasangiz, maʼlumotlar va fayllar oʻchiriladi.

Savollar boʻlsa, bizga yozing: t.me/onlinetaklif_bot